uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Oʻzbek choponlari rangi, uzunligi, kengligi va kiyish uslubiga koʻra farqlanadi.

⚡️ Oʻzbek choponlari rangi, uzunligi, kengligi va kiyish uslubiga koʻra farqlanadi. Masalan, Buxoroda, Qashqadaryo, Surxondaryo va Zarafshon vodiylarida gavda silueti keng va uzun, uzun yengli, paxta yoki yarim ipak rangli matodan tikilgan chopon, Fargʻona yoki Toshkentda yashil yoki koʻk – yashil chopon urf boʻlgan.
✨ Asrimiz boshlarida qora satindan tikilgan chopon keng tarqalgan. Yoshlar orasida bayram libosi sifatida ochiq rangli katta yoʻl-yoʻl beqasam toʻn urf hisoblangan. Qishloq joylarda bunday chopon kuyov sarposiga kirgan. Biroz tor va kalta, kambar yoʻlli naqsh berilgan, yaltiroq alachadan tikilgan Xorazm choponi qadimdan keng tarqalgan. Choponni yaktak ustidan kiyib belbogʻ osish, asosan, Fargʻona vodiysida odat boʻlgan, boshqa joylarda belbogʻsiz yaktakchasigina kiyilgan.
✨ Ayollarning oʻziga xos chopon shaklida bichib tikilgan ust kiyimi – mursak ilgari juda keng tarqalgan. Ular Buxoro, Xorazm va Qashqadaryoda yengi tirsakkacha kalta va kengligi bilan, Samarqand va Toshkentda uzun, yengsiz, bilakkacha boʻlgan yengi bilan farqlangan xolos. Mursak astarli qavima qilib tikilgan, qishki mursakka esa paxta solingan. Oʻtgan asrning boshlarigacha u oddiy koʻchalik libosi sifatida kiyilgan boʻlsa, keyinchalik mursak motam libosi sifatida belbogʻ bilan kiyilgan. Ayrim ayollar uni toʻyga yoki mehmonga borganda ham kiyganlar. Hozirgacha Toshkentda mursakni dafn marosimida tobut ustiga yopadilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Rahbar va yoshlar” – ochiq muloqot va dolzarb masalalar muhokamasi
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.

Videolavhalar