uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi

Bugun, 2026-yil 22-may kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Oila muqaddasligi, to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Mazkur darsni Dinshunoslik fani o‘qituvchisi Atabek Madraximov olib bordi. Dars davomida oila qadriyatlari, milliy an’analar hamda bugungi kunda to‘y va marosimlarni ixcham va mazmunli tarzda o‘tkazishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, filial o‘qituvchisi, joriy yil “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sohibasi bo‘lgan Mariya Pirgambetova ham talabalarga oilaviy hayot, o‘zaro hurmat va ahillikning oila mustahkamligidagi o‘rni haqida samimiy suhbat olib bordi.
Ochiq dars talabalarda oilaga bo‘lgan mas’uliyat, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy qarashlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.





O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar