uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Separatizm va millatchilikning jamiyat barqarorligiga tahdidi. Shovinistik gʻoyalar va ularning millatlararo totuvlikka salbiy taʼsiri” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Mazkur ochiq muloqot Dinshunoslik fani o‘qituvchisi A.Madraximov hamda filial yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova tomonidan olib borildi.
Dars davomida separatizm, millatchilik va shovinistik g‘oyalarning jamiyat tinchligi hamda millatlararo totuvlikka salbiy ta’siri haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlar ongida bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, turli yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbati savol-javob va erkin muloqot tarzida o‘tib, talabalarda millatlararo do‘stlik va hamjihatlikning ahamiyati haqida keng tushunchalar hosil qildi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar