uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi «Lazgi»ni asrab-avaylash, uni ilmiy o‘rganish, jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashkil etilgan bo‘lib, filialning asosiy vazifalari:

kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;

talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish;

kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;

soha mutaxassislarining xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish;

b) «Lazgi» bo‘limining asosiy vazifalari:

«Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

fan-ta’lim va ijrochilikning integratsiyalashuvini ta’minlash;

«Lazgi» ijro yo‘li namunalari «Oltin fondi»ni yaratish;

an’anaviy «Lazgi» ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;

«Lazgi» ijro yo‘lini keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

«Lazgi» ijro namunalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet axborot tarmog‘i orqali chet ellarda keng targ‘ib qilish.

Filial huzurida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi:

«Lazgi»ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozitsiya;

«Lazgi» ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;

«Lazgi»ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;

«Lazgi» bolalar havaskorlik teatr-studiyasini tashkil etish qarorda ko‘zda tutilgan.

Ushbu filial o‘z ish faoliyatini 2021-2022 yilida boshlagan bo‘lib, ayni damda filialga Botirov Shonazar Xusainovich direktor qilib tayinlangan. Filial veb sahifasi va ijtimoiy tarmoqlardagi manzillari 

Murojaat uchun telefon raqami 

+99893 411 94 12

+99897 790 60 70

Murojaat va takliflar uchun

@direktorUzdxaufshbotirov

Instagram sahifa

www.instagram.com/uzdxauf.uz/

Facebook sahifa

https://www.facebook.com/uzdxauf.uz 

Telegram sahifa

https://t.me/urganchxoreografiyaakademiya 

Videolavhalar