uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanloviga strat berildi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 51-sonli qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari orasida "Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanlovining filial bosqichiga qabul boshlanganligini e'lon qilamiz. 

Ushbu tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.
1-bosqich - Ichki tanlov (filial bosqichi);
2-bosqich - Respublika bosqichi.

Tanlovning filial bosqichi uchun g‘oyalar qabulining oxirgi muddati: 31-mart.
G‘oyalarni ko‘rib chiqish 1-10-aprel kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Taqdim qilingan g‘oyalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- G‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi (1 balldan 20 ballgacha) – loyiha qanchalik yangi, ilmiy asoslangan va innovatsion yondashuvlarga ega ekanligi baholanadi.
- G‘oyaning dolzarbligi (1 balldan 20 ballgacha) – loyiha bugungi kundagi muammo va ehtiyojlarga qanchalik mos va ahamiyatli ekanligi inobatga olinadi.
- Mavjud analoglaridan afzalligi (1 balldan 20 ballgacha) – taklif etilayotgan yechimning mavjud ishlanmalarga nisbatan ustun jihatlari va samaradorligi baholanadi.
- Xarajatlar smetasining asoslanganligi (1 balldan 20 ballgacha) – loyiha uchun rejalashtirilgan xarajatlarning aniqligi, asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
- G‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar (1 balldan 20 ballgacha) – loyiha natijasida olinadigan aniq va amaliy samaralar darajasi baholanadi.

G‘oya va loyihalaringizni quyidagi telegram manziliga yuborishingiz mumkin: @Iqtidorli_talabalar_muhandisi

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
"Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanloviga strat berildi.
“Rahbar va yoshlar” – ochiq muloqot va dolzarb masalalar muhokamasi

Videolavhalar