uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.

Bugun, 2026-yil 27-fevral kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Zulfiya – o‘zbek ayolining yorqin siymosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan filial Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Tadbir davomida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi mutaxassisi Qurbonbika O‘razmetova hamda talabalar tomonidan shoira hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi. Zulfiya she’riyatining mazmun-mohiyati, undagi vatanparvarlik, sadoqat, mehr va vafo tuyg‘ulari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Talabalar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ifodali tarzda o‘qildi.
Tadbirda filial talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Risolat Sapayeva ham so‘zga chiqib, shoira ijodining bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, uning o‘zbek ayoli timsolidagi jasorati va matonati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir yakunida Xoreografiya fakulteti dekani Munavvara Amanbayeva so‘zga chiqib, mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ushbu tadbir talaba-yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
"Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanloviga strat berildi.
“Rahbar va yoshlar” – ochiq muloqot va dolzarb masalalar muhokamasi

Videolavhalar