uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

KELAJAK SOATI: "BIR YAXSHILIK HAQIDA"!

Bugun, 2026-yil 25-fevral kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darslari” tashkil etildi. Mazkur ma’rifiy uchrashuv talabalarda yaxshilik qilishning ijtimoiy, axloqiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida aniq tasavvur hosil qilish, ularni kundalik hayotda ongli ravishda ezgulik qilishga undash maqsadida o‘tkazildi.
“Bir yaxshilik haqida” mavzusidagi mashg‘ulotni filial direktori M.Kuchkarov olib bordi. Dars davomida inson hayotida ezgulikning o‘rni, jamiyat taraqqiyotida mehr-oqibat va hamjihatlikning ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Ta’kidlanganidek, har bir kichik yaxshilik – bu katta o‘zgarishlarning boshlanishi bo‘lib, u inson qalbida mehr, ishonch va ijobiy kayfiyat uyg‘otadi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalarga real hayotiy misollar keltirildi, yaxshilikning nafaqat bir inson, balki butun jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida so‘z bordi. Ayniqsa, san’at va xoreografiya sohasida tahsil olayotgan yoshlar o‘z ijodi va muomalasi orqali ham ezgulik targ‘ibotchisi bo‘lishi mumkinligi alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida direktor yoshlarni har doim yaxshilik qilishga intilish, atrofdagilarga befarq bo‘lmaslik va jamiyatda ijobiy muhit shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi. Bunday ma’rifiy darslar talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni komil inson sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
"Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanloviga strat berildi.
“Rahbar va yoshlar” – ochiq muloqot va dolzarb masalalar muhokamasi

Videolavhalar