Bugun, 2-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida filial direktori M.Kuchkarovning onlayn qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qabul davomida talabalar turli mavzularda o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi. Jumladan, kontrakt to‘lov muddatini uzaytirish, talabalar turar joyidan joy ajratish, maxsus fanlar sonini ko‘paytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Qabul jarayonida har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
