2026-yil 26-fevral kuni O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilib, unda filial direktori M.Kuchkarov talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi.
Uchrashuv davomida direktor yoshlarning ta’lim jarayoni, ijodiy faoliyati va kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Talabalar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslari haqida ochiq fikr bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Rahbariyat tomonidan bildirilgan murojaatlar va savollarga atroflicha javob berilib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Shuningdek, uchrashuvda kuni kecha Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati haqida ham so‘z yuritildi.
Ayniqsa, bitiruvchi talabalar bilan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy mahoratini oshirish, san’at sohasida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, filial yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova talabalar bilan ish masalalari yuzasidan suhbatlashib, ularga zarur tavsiyalar berdi hamda ishga joylashish bo‘yicha tegishli yo‘nalishlar ko‘rsatdi.
Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.


Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
