Bugun Urganchda umumiy maydoni 140 gektar bo‘lgan al-Xorazmiy majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, qurilish vaziri Botir Zakirov, Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Loyiha bo‘yicha majmuada buyuk alloma, algoritm asoschisi al –Xorazmiyning balandligi 30,5 metrlik muhtasham haykali qad rostlaydi. Yangi massivda al-Xorazmiy nomidagi universitet va talabalar yotoqxonalari, 3000 o‘rinli maktab va 1500 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, IT-park, innovatsiya markazi, sport majmuasi, ilmiy-tadqiqot markazi, ko‘p qavatli uylar va avtoturargohlar, markaziy alleya – “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etiladi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda texnopark va zamonaviy to‘qimachilik korxonalari qurilib, ishga tushiriladi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00