2026-yil 27-avgust kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori M.B.Kuchkarov filial professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv davomida filial direktori jamoa a’zolarini mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda ijtimoiy-madaniy hayotimizni yanada yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatlari, fidokorona mehnatlari va tashabbuskorliklari uchun minnatdorlik bildirdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktorining birinchi o‘rinbosari Munavvara Amanbayeva, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Anvar Abdullayev, Registrator ofisi menejeri Marimboy Otamuratov, filial Yoshlar yetakchisi Muyassar Ollaberganova hamda filial talabasi Dilrabo Aminova O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangani alohida e’tirof etildi.














Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
