uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Tashrif

Prezident qarori ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-aprel kungi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–147-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuxrat To‘xtasimov va akademiyaning Urganch filiali direktori Maxsudjon Kuchkarovlar maktabimizga tashrif buyurdi. 

✔️Mehmonlar dastlab maktabda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlar va muzey bilan yaqindan tanishdi. 

Bundan so‘ng o‘quvchilar bilan uchrashib, davlatimiz tomonidan yoshlarga berilgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlashlar haqida suhbatlashdi va o‘quvchilarning kelajak rejalari hamda fikrlarini tinglashdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar