uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Lazgi raqsining shakllantirish tarixi va tendensiyasi mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman


Ilmiy_amaliy_anjuman

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PQ-200-son qarori 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi “2024-yilga mо‘ljallangan Xalqaro va Respublika miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rо‘yxatini tasdiqlash tо‘g‘risida” 16-son buyrug‘i bilan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2024-yilda о‘tkazilishi rejalashtirilgan ilmiy-amaliy anjuman rejasi tasdiqlandi.



O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 

Lazgi raqsining shakllanish tarixi va tendensiyasi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman 

 

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori 9-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq 2024-yilning 5-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Lazgi raqsining shakllanish tarixi va tendensiyasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha tashkil qilinadi:

1-sho‘ba:  O‘zbek milliy madaniyati, raqs san’ati va uning musiqiy  ijrosi rivojlanish tamoyillari; Raqs san’atining paydo bo‘lishi va rivojlanishida tarix, falsafa, аdabiyot va pedagogika fanlarining ahamiyati;

2-sho‘ba: Xorazm “Lazgi” raqsining folklor janridagi ahamiyati, “Lazgi” raqsi ijrosining asl uslublarini saqlab qolish va takomillashtirish tendensiyasi;

3-sho‘ba: Raqs san’ati nomoddiy-madaniy   merosi sifatida: madaniyatlararo munosabatlar;

4-sho‘ba: Xoreografiya sohasida ta’limning dolzarb muammolari, integratsiya va istiqbolli tendensiyalari, ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi;

5-sho‘ba: Hozirgi madaniy taraqqiyot bosqichida musiqa va raqs mashg‘ulotlarini tashkil qilishning  innovatsion usullari; muammo va yechimlar;

6-sho‘ba: O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda milliy raqs va  musiqa   san’atining o‘rni va ahamiyati.


 

 

Mualliflar uchun ma’lumotlar

Ushbu konferensiyada respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqot insititutlari olimlari, ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant va tayanch doktorantlar, tadqiqotchilar, yosh olimlar, magistrantlar, iqtidorli talabalar hamda madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq. 

Ilmiy maqolalar quyidagi talablar asosida rasmiylashtirilishi lozim:

  • maqola matni Microsoft Word matn muharriri yordamida Times New Roman shriftida, 1,5 intervalda, 14 o‘lchamda terilgan bo‘lib, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan so‘ng muallifning F.I.O., asosiy ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni yoziladi;
  • ü matnda havolalar to‘rtburchak qavs ichida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqami bilan beriladi (Masalan: [1, 36-b.]). Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn so‘ngida beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar kamida 4-5 ta nomdagi adabiyotni tashkil etishi tavsiya etiladi; 
  • ü talabga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi va qo‘lyozmasi muallifga qaytarilmaydi; 
  • ü muallif taqdim etilgan maqolaning ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan asoslanganligi, maqolada keltiriladigan raqamlar, ma’lumot va dalillarning aniqligi, to‘g‘riligi hamda plagiatga yo‘l qo‘yilmaganligiga mas’uldir; 
  • ü maqola hajmi 5-7 bet, elektron variantda 2024-yil 28-fevralga qadar
     tahrirdan o‘tkazilib, sho‘balarga mansubligi ko‘rsatilgan holda tashkiliy qo‘mitaning boburshahanov@gmail.com elektron manziliga yoki (99) 959-09-38,
     (93) 922-14-10
    telegramm raqamiga yuborilishi lozim; 
  • ü ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘plamga kiritilmaydi. 

Koordinator: Bobur Shahanov: (99) 959-09-38

Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri, Al Beruniy ko‘chasi, 2a-uy.



Akademiyaning rasmiy sahifalari:
www.uzdxauf.uz  |  Facebook  |  InstagramYouTube

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan 18-19-aprel kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.
15-aprel Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni!
8-aprel kuni Madaniyat vazirligida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali tadbirini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka axborot berish maqsadida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Videolavhalar