uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

SAN’ATGA BAXSHIDA UMR



SAN’ATGA BAXSHIDA UMR 

Joriy yilning 22-yanvar kuni
O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti v.b., Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatri sobiq balet solisti ISKANDAROVA ROZA RAXMANOVNAning 80 yoshni qarshilaganliklari munosabati bilan “SAN’ATGA BAXSHIDA UMR” deb nomlangan ijodiy tantanali kechasi bo’lib o’tdi. 

Butun umrini san’atga baxsh etgan Roza Iskandarova ademiyada kechgan ko’p yillik faoliyati davomida xoreografiya sohasiga, klassik raqs san’ati rivojiga, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlarni tarbiyalashda munosib hissa qo’shib kelmoqda. 

Roza Iskandarova Raxmanovnaga, ijodiy kechaning ochilishida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabrigini vazir maslahatchisi Shavkat Ortiqov o‘qib eshittirdi hamda “Madaniyat va san’at fidokori” kо‘krak nishoni va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tantali kechaga, shuningdek, A.Navoiy nomidagi Katta teatr baletining solistlari, О’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri artistlari, О‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyortlari, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tashrif buyurdi. 

Bayram tadbirida mehmonlar hamda akademiya professor-o’qituvchilari kecha malikasi, jonkuyar ustoz - Roza Rahmanovnani 80-yillik yubiley to’ylari bilan qutlab, ularga uzoq umr, mustahkam sog’liq, oilaviy baxt, faoliyatlarida omad, zafarlar tilab, mehribon va sevimli ustozga bo’lgan hurmatlarini go’zal raqslar guldastasi bilan namoyish etdilar. 

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
“5 tashabbus” doirasida sport va sog‘lom turmush targ‘ib qilindi.

Videolavhalar