uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Yoshlar forumi” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.








Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Yoshlar forumi” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.Uchrashuvni filial direktori Shonazar Botirov kirish so’zi bilan ochib berdi va dars mashg‘ulotlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olish, bo’sh vaqtlarini unumli va samarali o'tkazish, filialda 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan “ENG YAXSHI BALETMEYSTER” ko‘rik tanloviga tayyorgarlik ko’rishlari borasidagi takliflarini bildirib o’tdi. Shuningdek, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida yashovchi talabalarni qishning sovuq kunlarida gaz va elektr uskunalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga chaqirdi. Ochiq va samimiy ruhda o’tkazilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.  Uchrashuvda bir qator muammolar va takliflar bildirilib, murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar