uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

San'atimiz vakillari yana e'tirofu olqishlarga ko‘mildi

San'atimiz vakillari yana e'tirofu olqishlarga ko‘mildiAvval xabar berganimizdek, TURKSOY xalqaro tashkilotining 30 yillik yubiley tantanalari tashkilotga a'zo davlatlarda birma-bir nishonlanyapti. Xususan, yurtimizda ham bu anjuman yuqori madaniy saviyada o‘tkazilgan edi. 
Yubileyning navbatdagi mezboni Ozarbayjonning Boku shahri bo‘ldi. 

Turk dunyosi musiqa san'atining eng saralari ijro etilgan mazkur tadbirda opera xonandalari Shirin Mametova, Umid Isroilov, baxshi Muhammed Torebekov, doirachilar guruhi hamda "Navro‘z" raqs ansambli ishtirok etib, o‘zbek san'atini yana bir bor xalqaro sahnada tarannum etishdi.

O‘zbek san'at vakillarining har bir chiqishlari tomoshabinlar tomonidan davomli olqishlar va e'tiroflar bilan qarshi olindi. Ayniqsa, doirachilarimizning betakror chiqishlari barchaga jo‘shqinlik, zavq va yuqori kayfiyat ulashdi. Doirachi yigitlarimizning chiqishlarini butun zal oyoqqa qalqib, olqishlashi, san'at hech qanday tarjimonsiz, qalblarni, cheksiz sarhadlarni zabt eta olishini yana bir karra isbotladi.

💬 Telegram  | 🌐Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar