5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni OTMga suhbat asosida qabul qilish uchun tavsiyanoma beradigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari ro‘yxati tasdiqlandi .
Ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 8 avgustdan 22 avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra , 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan va ushbu tashkilotlardan tavsiyanoma olganlar OTMga suhbat asosida qabul qilinadi.
Ro‘yxatdagi 86 ta tashkilotlar tomonidan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma beriladi.
Suhbat jarayoni avgust oyining so‘nggida tashkil etiladi.
Natijalarga ko‘ra, 100 ballik baholash mezonida 55 ball va undan yuqori ball to‘plagan abiturientlar OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00