uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bugundan boshlandi

Bugun, 20 iyun kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abiturientlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

 

Bunda abiturientlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatini ham yuklashlari mumkin.

 

️Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

 

Ro‘yxatga olish:

 

️Davlat test markazining my.dtm.uz sayti;

️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

 

Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

 

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10 iyulga qadar (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Kelajak soati”: O‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan ma’rifat darsi
NAVRO'Z SAYLI TASHKIL QILINDI: SUMALAK PARTY - 2026
Ochiq muloqot: talabalar takliflari va rahbariyat e’tibori
Onlayn qabul: muammolar, savollar va takliflar muhokama qilindi

Videolavhalar