uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Rahbar va yoshlar” – san’at va tajriba uchrashuvi

Bugun, 2026-yil 5-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “RAHBAR VA YOSHLAR” uchrashuvi tashkil etildi. 
Mazkur uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, unda filial direktori Maxsudjon Kuchkarov, Xoreografiya fakulteti dekani Munavvara Amanbayeva hamda Xorazm viloyat musiqali drama teatri rejissori Odamboy Abdullayev ishtirok etdilar.
Shuningdek, taniqli aktyorlar Jumanazar Shomuratov va Farhod Raxmonov ham uchrashuv mehmonlari sifatida qatnashib, yoshlar bilan o‘z ijodiy tajribalari va hayotiy fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.Uchrashuv davomida san’at va ijod yo‘lida erishilgan tajribalar, yosh avlodning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularning kelajakdagi yutuqlari uchun zarur bo‘lgan motivatsiya va maslahatlar haqida so‘z yuritildi. Talabalar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, samimiy muloqot olib bordilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni ijodiy izlanishlarga undash hamda ustoz va shogirdlar o‘rtasida mustahkam ijodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Epaulement croise en effacec, Pozalar croisee en efface” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi
Ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Ijod va tajriba uchrashuvi: yoshlar uchun motivatsion muloqot
Payshanba yoshlar kuni doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi

Videolavhalar