O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali xodimlari — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, dotsent M.Masharipov, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Z.Toxirova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi mutaxassisi D.Atabayeva, R.Avezov hamda U.Doulov Tuproqqal’a tumanidagi 17-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.Tadbirlarning eng qiziqarli qismi “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘ldi. Unda o‘quvchilar 4 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etib, turli fanlar va mantiqiy savollar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash hamda topqirlik borasidagi mahoratlarini ko‘rsatdilar.


Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
