uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Xavfsiz va adolatli muhit — ustuvor vazifa

2026-yil 23-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida xavfsiz, sog‘lom hamda o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda filial direktori M.Kuchkarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev, Xoreografiya fakulteti dekani M.Amanbayeva hamda Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi B.Sapayevalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
 Muloqot jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati
 xotin-qizlarni himoya qilishga doir me’yoriy-huquqiy asoslar
 kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishning ahamiyati
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga mavzuga oid batafsil tushuntirishlar berilib, sog‘lom va adolatli muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar