uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"HALOLLIK VAKSINASI" MAVZUSIDA MA'RIFAT DARSI TASHKIL QILINDI

2026-yil 20-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Kelajak soati” loyihasi doirasida navbatdagi “Ma’rifat darslari” bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yoshlar ongida yuksak ma’naviyatni shakllantirish, ularni vatanparvarlik, halollik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashga qaratildi.
“Halollik vaksinasi” mavzusida tashkil etilgan darsni Xoreografiya fakulteti dekani o‘rinbosari M.Ollaberganova olib bordi. Mashg‘ulot davomida talabalarga halollik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning inson hayotidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir jarayonida halollikni kundalik hayotda qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni, mas’uliyat va fidoyilik kabi fazilatlarning ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, talabalar bilan savol-javob va ochiq muloqot tashkil etilib, mavzu yuzasidan ularning qarashlari tinglandi.
“Ma’rifat darslari” yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda kelajakda yetuk va barkamol mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qilmoqda. Tadbir mazmunli va qiziqarli ruhda o‘tdi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar