uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

🎭 Xorazm viloyatida talabalar teatr studiyalari ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  hamkorligida Xorazm viloyatida talabalar teatr studiyalari ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik illatining jamiyat va inson hayotiga salbiy oqibatlarini yoritish maqsadida “Giyohvandlikning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazildi.
⚡️Bellashuvda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘z ijodiy chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar. Xususan, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari sahna ko‘rinishlari orqali giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini ta’sirchan va mazmunli tarzda namoyish etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, akademiya talabalari Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni egallab, o‘zlarining ijodiy salohiyati va sahna mahoratini yana bir bor namoyon etdilar. ✨
⭐️Mazkur yutuq yoshlarning san’at orqali dolzarb ijtimoiy masalalarni yoritishdagi faolligi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlarining yorqin ifodasidir.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar