Bugun, 13-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 45-son hamda 2026-yil 11-fevraldagi “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar uchun startaplar boʻyicha “Eng yaxshi kreativ gʻoya” respublika tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 51-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi Aziza Saparbayeva tomonidan oliygohning 2-bosqich talabalari uchun “Stipendiyalar va tanlovlar” mavzusida o‘tkazilgan seminar davomida Prezident va nomli davlat stipendiyalari, viloyat hokimi stipendiyasi, shuningdek respublika miqyosidagi tanlovlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, stipendiya va tanlovlarda ishtirok etish uchun hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, onlayn platformalarga yuklash va ro‘yxatdan o‘tish tartiblari yuzasidan tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
