uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida uchrashuv tashkil qilindi.

Bugun, 12-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.
“Fevral — giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” doirasida filial Boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda xoreografiya fakulteti dekani M.Amanbayeva, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev, yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova hamda Urganch shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinika shifokorlari Z.Sultanova, Z.Yuldasheva va ichki ishlar xodimi Sh.Rahimov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida talabalarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hayotda to‘g‘ri tanlov qilishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
➡️Mazkur tadbir yoshlarni sog‘lom fikrlashga undash, zararli illatlardan yiroq bo‘lish hamda kelajakka mas’uliyat bilan qarash ruhida o‘tkazildi.










O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar