uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Xotin-qizlar va ilm-fan: yutuqlar va imkoniyatlar mavzusida davra suhbati tashkil etildi

🦅 Bugun, 11-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda filial Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi, “Xalq ta’limi a’lochisi” B.Sapayeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Narbayeva, filial yoshlar yetakchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi M.Ollaberganova hamda filial o‘qituvchisi, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi M.Pirmagambetova ishtirok etdilar.
🟥 Davra suhbatida filialning faol talaba-qizlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. So‘zga chiqqan xodimlar o‘zlarining ilmiy va ijodiy yutuqlari, bosib o‘tgan hayot yo‘llari hamda erishilgan natijalar haqida so‘z yuritib, ilm olish va izlanish uchun hech qachon kech emasligini alohida ta’kidladilar.
⚡️Shuningdek, talabalarga turli tanlovlar, grantlar va stipendiya dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida o‘qish va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, yutuqlarga erishgan talaba-qizlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Mazkur davra suhbati ilm-fan sohasida xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar