uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

ILMIY-AMALIY ANJUMANDA FAOL ISHTIROK ETGANLAR TAQDIRLANDI

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali tashabbusi bilan buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy merosi va Uchinchi Renessans” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjumanda xoreografiya fakulteti dekani M.Amanbayeva “Alisher Navoiy g‘azallarining Xorazm qo‘shiqchilik san’atidagi o‘rni” mavzusida ma’ruza qilib, Navoiy ijodining milliy musiqiy an’analarimizdagi ahamiyatini yoritib berdi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar muhandisi Q.Urazmetova “Alisher Navoiy asarlarida san’atning ulug‘lanishi” mavzusidagi chiqishida mutafakkir shoir ijodida san’at va estetik tafakkurning tutgan o‘rni haqida atroflicha fikr bildirdi.
Anjumanning yana bir muhim ma’ruzasi Lazgi bo‘limi boshlig‘i Z.Yoqubova tomonidan “Navoiy hikmatlarida farzand tarbiyasi” mavzusida taqdim etilib, unda Navoiy asarlaridagi tarbiyaviy g‘oyalar, axloqiy qadriyatlar va yosh avlod kamolotidagi o‘rni tahlil qilindi.
Ilmiy-amaliy anjuman Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganish, uni Uchinchi Renessans g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirish hamda milliy madaniyat va san’at rivojida tutgan beqiyos ahamiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
Alisher Navoiy ijodiy merosining san’at bilan uzviy bog‘liqligini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish, uning adabiyot, san’at, musiqa, teatr, pedagogika hamda zamonaviy san’atdagi badiiy-estetik ahamiyatini yoritish, shuningdek, yosh tadqiqotchilar va ijodkorlar o‘rtasida ilmiy muloqotni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini samarali yakunladi.
Anjuman yakunida mazkur nufuzli tadbirni yuqori saviyada tashkil etish, ilmiy-ma’rifiy jarayonga munosib hissa qo‘shish hamda faol ishtiroki uchun bir qator xodimlarimiz va hamkorlarimiz tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Ushbu e’tirof ularning Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganish, targ‘ib etish va uni zamonaviy san’at bilan uyg‘un holda rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga berilgan munosib baho bo‘ldi.





O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Kelajak soati”: O‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan ma’rifat darsi
FILIAL XODIMI "MIRZO ULUG'BEK VORISLARI" TANLOVIDA HAKAMLAR HAY'ATI A'ZOSI
NAVRO'Z SAYLI TASHKIL QILINDI: SUMALAK PARTY - 2026
Onlayn qabul: muammolar, savollar va takliflar muhokama qilindi

Videolavhalar