uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

TANLOV G'OLIBLARI TAQDIRLANDI

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Qizlarjon” klubi doirasida talaba-qizlar o‘rtasida “Ilmda mening orzularim” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov yakunida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Xoreografiya fakulteti dekani M.Amanbayeva, Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi B.Sapayeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Narbayeva, shuningdek, filial o‘qituvchisi M.Pirmagambetova ishtirok etib, talaba-qizlarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ilm-fan va ijod yo‘lida ularga muvaffaqiyatlar tilashdi.
🏆Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlandi:

1-o‘rin — 2-kurs talabasi  Komila Kamolova

2-o‘rin — 4-kurs talabasi Olmaxon Ko‘palova 

3-o‘rin — 3-kurs talabasi Maqpal Djumabayeva 
G‘olib va faol ishtirokchilar faxriy yorliq  bilan taqdirlandilar. Ushbu tanlov talaba-qizlarning ilmiy salohiyati va ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar