Joriy yilning 27-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist, mohir raqqosa Roviya Otajonovaning hayoti va ijodiga bagʼishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbir "Lazgi" boʼlimi tashabbusi bilan tashkil etildi va uni boʼlim boshligʼi Z.Yaqubova olib bordi. Mazkur tadbirga raqqosaning qizi — G.Otaniyozova mehmon sifatida taklif etildi.
Tadbir davomida R.Otajonovaning betakror ijodidan videolavhalar namoyish etildi. Ijodkor K.Oʼrozmetova ulugʼ sanʼatkor ustozlarning ijodiy faoliyati haqida fikr-mulohazalar bildirdi.
Shuningdek, mehmonlar "Lazgi" muzeyini tomosha qildilar. Tashrif chogʼida muzey fondiga R.Otajonovaning ijodiga bagʼishlangan kitob va disk taqdim etildi. Ushbu noyob manbalar "Lazgi" muzeyining "Oltin fondi"da saqlanadi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
