Bugun, 14-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali va ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi.
🇺🇿Tadbir avvalida filial direktori Maxsudjon Kuchkarov so‘zga chiqib, barcha erkak xodimlarni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
O‘z nutqida u yurt tinchligi, xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha Vatan himoyachilariga chuqur minnatdorlik bildirib, erkak xodimlarga mas’uliyatli faoliyatlari va mehnatlari uchun ezgu tilaklar izhor etdi.Filialning xotin-qiz xodimlari tashabbusi bilan o‘tkazilgan bayram kechasida erkak xodimlarga bag‘ishlab samimiy va mazmunli she’rlar o‘qildi, qiziqarli o‘yinlar hamda ko‘ngilochar chiqishlar tashkil qilindi.
Tadbir davomida filial talabalari o‘zlarining nafis va jozibali raqslari bilan bayramga yanada fayz bag‘ishladilar.
🤩 Tadbir yakunida filialning barcha erkak xodimlariga bayram sovg‘alari topshirilib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va mas’uliyatli xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Bayram kechasi barchada iliq taassurotlar qoldirib, samimiy muhitda o‘tdi.












Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
