uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy uchrashuv tashkil qilindi!

Bugun, 13-yanvar sanasida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Urganch shahridagi 53008-harbiy qismdan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvni Xoreografiya kafedrasi dekani M.Amanbayeva ochib berdi. Filialning Lazgi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar va talabalar o‘rtasida samimiy va mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrab-avaylab kelayotgan harbiy xizmatchilarga hurmat-ehtirom bildirildi.
Uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
“Kelajak soati”: Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi
Jadid bobolarimiz: “Millatni saodatga eltuvchi yo‘l — bu ilm va tarbiya".
“Art-terapiya” mavzusida mashgʻulot oʻtkazildi.

Videolavhalar