uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” (https://lex.uz/docs/7735323)gi PF-173 son farmoni bilan yurtimizda  2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi.
Bugun, 13-yanvar sanasida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida  ushbu muhim sana oldidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda filial direktorining birinchi o'rinbosari A.Saparbayev  hamda Xorazm viloyati Statistika boshqarmasi bo‘lim xodimlari tomonidan professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalarga aholini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati haqida  tushuntirildi.Seminar davomida  census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi hamda jarayonni samarali tashkil etishda statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar