✨Kuni kecha, 7-yanvar kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida samimiy va hayajonli xayrlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💫 Tadbirda filial rahbariyati hamda xodimlar birgalikda yig‘ilib, uzoq yillar filialda samarali faoliyat yuritgan filialning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shahanov Bobur Choriyevich bilan xayrlashdilar.
✨ Filial direktori Maxsudjon Kuchkarov, direktorning birinchi o‘rinbosari Atabek Saparbayev, Xoreografiya fakulteti dekani Munavvara Amanboyeva, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplens nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammadjon Nurullayev so‘zga chiqib, Shahanov Boburning faoliyati davomida amalga oshirgan samarali ishlari, tashabbuslari va jamoaga qo‘shgan hissasini yuksak baholab, unga minnatdorlik bildirdilar.
💐 Ustozning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
