uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Ofatijon lazgi” viloyat raqs ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 22-dekabr sanasida Urganch shahridagi 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabida milliy raqs san’atimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan “Ofatijon lazgi” viloyat raqs ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori M.Kuchkarov boshchiligida filialning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlar katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Ko‘rik-tanlov davomida yosh ijrochilar tomonidan lazgi raqsining betakror uslubi, milliy an’ana va qadriyatlarimizga xos harakatlar mahorat bilan namoyish etildi.

Tadbir milliy raqs san’atiga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish, yoshlar qalbida milliy g‘urur va san’atga muhabbatni mustahkamlashga xizmat qildi.








O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar