uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Talabalar davomati nazoratda

💫 Talabalar davomati va o‘quv intizomini mustahkamlash maqsadida filial yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova hamda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.Ummataliyev tomonidan ko‘p dars qoldirgan talabalarni yashash manzillariga tashriflar amalga oshirildi.
✨ Mazkur tashriflar davomida talabalarning ota-onalari  bilan telefon orqali suhbatlar o‘tkazilib, dars qoldirish sabablari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalarga ta’lim jarayonida faol ishtirok etish, mashg‘ulotlarga muntazam qatnashish hamda qoldirilgan darslarni belgilangan tartibda o‘zlashtirish yuzasidan tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi.
✨ Ushbu tadbirlar talabalar davomati va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar