uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Jadid bobolarimiz: “Millatni saodatga eltuvchi yo‘l — bu ilm va tarbiya".

 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darslari” bo‘lib o‘tdi.
💫  Mazkur darsda jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning asosiy g‘oyalari, xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, milliy o‘zlikni anglash va taraqqiyot yo‘lidagi fidokorona faoliyati atroflicha yoritildi. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat kabi jadid bobolarimizning xalq ta’limi, matbuot, adabiyot va teatr sohasidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✨ Darsni filial direktori M.B.Kuchkarov olib bordi. Dars davomida talabalar jadidlarning “millatni saodatga eltuvchi yo‘l — bu ilm va tarbiya” degan g‘oyalarining bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr almashdilar. Interfaol savol-javoblar orqali mavzu yanada mustahkamlandi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar