Bugun, 17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur darsni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nodir Ummataliyev hamda dekan o‘rinbosari, filial yoshlar yetakchisi Muyassar Ollaberganova olib bordi. Mashg‘ulot davomida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, qat’iyat, jasorat va mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirish, shuningdek, tarixiy g‘alabalar va ularning bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Tadbir talaba-yoshlarni faol, maqsadga intiluvchan va yurt ravnaqi yo‘lida fidoyi bo‘lishga undashga xizmat qildi.

Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
