uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Profilaktik uchrashuv: sog‘lom turmush tarzi — muhim omil

Bugun, 17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Xorazm viloyati OITSga qarshi kurash markazi shifokori Sharofat Kuchkarova hamda epidemiolog yordamchisi Muxabbat Sayipova ishtirok etib, talabalarga OITS va yuqumli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda tibbiy profilaktikaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, tadbirda filial Xotin-qizlar kengashi raisi Barno Sapayeva hamda dekan o‘rinbosari Muyassar Ollaberganova ishtirok etib, yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Uchrashuv talaba-yoshlarning tibbiy bilimlarini oshirish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga xizmat qildi.





O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar