uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Ma’rifat darslari”: Jadid bobolarimiz – millat uyg‘onishining asoschilari

Kuni kecha, 16-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darslari” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’rifiy dars “Jadid bobolarimiz” mavzusiga bag‘ishlanib, unda jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning milliy o‘zlikni anglash, ta’lim-tarbiya va ma’rifat rivojidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Darsni dekan o‘rinbosari, yoshlar yetakchisi Muyassar Ollaberganova olib bordi. U o‘z chiqishida jadid bobolarimizning jasorati, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va ularning bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Tadbir talabalarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar