uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Mahalla — oilaviy poliklinika — ta’lim” hamkorligida profilaktik uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan mazkur tadbir “Mahalla — oilaviy poliklinika — ta’lim” mavzusida o‘tkazildi.
Uchrashuv filial dekan o‘rinbosari, yoshlar yetakchisi Muyassar Ollaberganova tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda Urganch shahar “Temiryo‘lchi” mahallasi xotin-qizlar faoli Shoira Bobojonova, Urganch shahar 3-sonli oilaviy poliklinikasi oila shifokori Zarnigor Yuldasheva, filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Shaxanov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammad Nurullayevlar so‘zga chiqishdi.
Uchrashuv davomida giyohvandlikning zararli oqibatlari, yoshlar salomatligini asrash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, mahalla, tibbiyot va ta’lim muassasalari hamkorligining ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi. Tadbir talaba-yoshlar uchun muhim va foydali ma’lumotlarga boy tarzda o‘tdi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar