uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"Psixologik moslashuv va emotsional barqarorlikni rivojlantirish” mavzusida trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Bugun, 15-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali psixologi Shaxnoza Raximova, filial yoshlar yetakchisi Muyassar Ollaberganova tomonidan talabalar bilan psixologik barqarorlikni mustahkamlash, muayyan sharoitlarga moslashuv jarayonini yengillashtirish hamda stress va nevrotik holatlarning oldini olishga qaratilgan "Psixologik moslashuv va emotsional barqarorlikni rivojlantirish” mavzusida trening mashg‘uloti tashkil etildi.
✨Mashg‘ulot davomida talabalar bilan amaliy mashqlar, interaktiv suhbatlar va guruhiy faoliyatlar olib borilib, ularda o‘zini anglash, emotsional holatni boshqarish, ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 
Trening talabalarning emotsional holatini yaxshilash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda o‘quv jarayoniga moslashuvini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar