uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Kelajak soati” doirasida navbatdagi “Ma’rifat darslari” tashkil etildi

Bugun, 10-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Kelajak soati” doirasidagi navbatdagi “Ma’rifat darslari” bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’rifiy dars O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 33 yilligiga bag‘ishlanib, “Millat qo‘shig‘i” mavzusida tashkil etildi.
Tadbirda Davlat madhiyasining yaratilish tarixi, undagi g‘oyaviy-ma’naviy mazmun, madhiyaning xalqimiz qalbidagi o‘rni va uning mustaqillik timsoli sifatidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Mazkur darsni filial direktorining birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev olib bordi. U o‘z ma’ruzasida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarni e’zozlash hamda davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligini alohida ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar madhiyamizning xalqimiz birligi, g‘ururi va iftixori ramzi sifatidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar