uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Senatorlar va yoshlar uchrashuvida filial talabalari ham ishtirok etishdi.

Kuni kecha, 9-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari “Senator va yoshlar uchrashuvi”da ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Abdullayev Baxrom Ismoilovich, shuningdek, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Abdukarimova Sayyora Sapayevna yoshlarga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar va ularning jamiyatdagi faol o‘rni haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Uchrashuvda talabalarning savollariga javob berilib, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuvda filial talabalari direktorning birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev hamda filial yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova boshchiligida ishtirok etishdi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar