uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Vatan Madhiyasi — Milliy G‘urur Ramzi

Bugun, 10-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Shaxanov, shuningdek, dekan o‘rinbosari va filial yoshlar yetakchisi Muyassar Ollaberganova olib bordilar.
Davra suhbatida Davlat madhiyasining yaratilish tarixi, uning badiiy va ma’naviy ahamiyati, yoshlar ongida vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida talabalar madhiyaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, uni chuqur anglab kuylashning muhim jihatlari xususida ham batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.Uchrashuv talabalar uchun mazmunli va ruhlantiruvchi tarzda o‘tdi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar