Kuni kecha, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri mazmunli lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish Komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev hamda filial yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbir doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlar bellashuvi hamda ijodiy tanlovlarning g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.
🔸 “Eng yaxshi insholar” tanlovi1-o‘rin — 4-bosqich talabasi Avazjon Raxmanova
🔸 “Eng yaxshi esselar” tanlovi1-o‘rin — 2-bosqich talabasi Dilrabo Aminova
🔸 “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi1-o‘rin — 4-bosqich talabasi Mardona Sharipova
🔸 “Eng yaxshi video roliklar” tanlovi1-o‘rin — 4-bosqich talabasi Oyniso Boboxonova
G‘oliblarning barchasi filial rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Tadbir yoshlarning korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatini shakllantirish, ularning ijodiy fikrlashi va faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
