uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida korrupsiyaga qarshi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 5-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni filial direktori M.Kuchkarov ochib berib, mazkur oylik doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda Xorazm viloyati sudi sudyasi X.Boltayev, viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi M.Qalandarova, Prokuratura huzuridagi Departament xodimi T.Shamakov, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi X.Qalandarov ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan korrupsiyaning oldini olish, uning jamiyat taraqqiyoti va davlat boshqaruviga yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish masalalarida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va korrupsiyaga qarshi kurashishda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar