uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

 Kuni kecha, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Lazgi” bo‘limi boshlig‘i Z.Yaqubova tashabbusi bilan tashkil etilib, unga “Mijina” halfalar guruhi a’zolari Mahliyo va Gulhayo Komiljonovalar mehmon sifatida tashrif buyurishdi.
Mehmonlar talabalarga o‘z ijodiy faoliyati, san’atga bo‘lgan muhabbati va hayotiy tajribalari haqida samimiy suhbat berishdi. Shuningdek, ularning ijrosidagi laparlar jarayonida filial talabalari tomonidan raqs namoyishlari ijro etilib, tadbir yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi.
Tadbir ishtirokchilarda mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy faollik kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar