uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida davra suhbati o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida 203-22 va 201-22-guruh talabalari ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullaev hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Shaxanov ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda yoshlarning faolligi va mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash borasida fikr almashishdi. Tadbir yakunida mavzuga doir videorolik namoyish qilindi.
Tadbir yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ong va madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Jasorat bog‘ida ma’naviy yuksalish:
Ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar