uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Zo‘ravonliksiz jamiyat sari: filialda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun, 3-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Zo‘ravonliksiz jamiyat – farovon davlat ko‘zgusi: Raqamli zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashaylik” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda filial xotin-qizlar maslahat kengashi raisi B.Sapayeva, dekan o‘rinbosari, yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova, shuningdek, Urganch shahar IIB HPG XQMB inspektori katta leytenant Sh.O.O‘ktamova ishtirok etishdi.
Ular talabalarga turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik, xususan, raqamli zo‘ravonlikning xavfli oqibatlari, uni oldini olish choralarini atroflicha tushuntirib, yoshlarning huquqiy ongini oshirish, masalalarga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha fikr va tavsiyalarini bildirishdi.
Tadbir davomida talabalarning savollariga javob berilib, zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qat’iy “yo‘q” deyish zarurligi ta’kidlandi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Jasorat bog‘ida ma’naviy yuksalish:
Ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar