uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"GIYOHVANDLIKKA YO'Q DEYMIZ" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL QILINDI

Kuni kecha, 27-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda giyohvandlikning zararli oqibatlari, yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda profilaktika ishlarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Suhbatni filial direktorining birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev, dekan o‘rinbosari, yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova hamda filial psixologi Sh.Raximova olib bordi.
Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning individual va ijtimoiy zararli jihatlari, uning oldini olish choralari yuzasidan fikrlar bildirildi.Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mavzu yuzasidan keng qamrovli tushunchalarga ega bo‘lishdi.
 Davra suhbati yoshlarni ogohlikka, hushyorlikka va sog‘lom hayot tarziga chorlovchi mazmuni bilan ahamiyatli bo‘ldi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar